Oʻzbekiston Osiyo oʻyinlari guruh bosqichida 100 foizlik natija koʻrsatdi
Soʻnggi turda Oʻzbekiston U-23 va Vetnam U-23 milliy jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. Gollarga Muhammadali Oʻrinboyev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.

Yaponiyada oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilarimiz gʻalabali yurishini davom ettirmoqda.
Guruh bosqichi 3-turida Oʻzbekiston U-23 va Vetnam U-23 milliy jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Gollarga Muhammadali Oʻrinboyev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.
Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi barcha 3 ta oʻyinni oʻz foydalariga hal etishdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston “C” guruhida Filippin, Quvayt va Vetnamni magʻlub etib, 100 foizlik natija bilan pley-off bosqichiga chiqish masalasini hal qildi. Guruh bosqichida “oq boʻrilar” 9 ta gol urdi va bir marta gol oʻtkazib yubordi.
