platina.uz
Iqtisod

Markaziy bank "Anorbank" masalasida bayonot bilan chiqdi

Ushbu bankning asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimovga odam oʻgʻirlash aybi qoʻyilgandi. Olimov Oʻzbekistonda sirtdan hibsga olingan va xalqaro qidiruvga berilgan. 

Markaziy bank "Anorbank" masalasida bayonot bilan chiqdi

Markaziy bank soʻnggi kunlarda turli shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan "Anorbank" masalasida bayonot berdi.

Avval maʼlum qilganimizdek, “Anorbank” asosiy aksiyadori Qahramonjon Olimovga odam oʻgʻirlash aybi qoʻyilgandi.

Unga koʻra, Olimov Oʻzbekistonda sirtdan hibsga olingan va xalqaro qidiruvga berilgan.

Bankning rasmiy munosabatiga koʻra, mazkur holat shaxsiy masala boʻlib, bankning kapitali, boshqaruvi va operatsion faoliyatiga aloqador emas. Vakolatli organlar tomonidan bankka hech qanday rasmiy soʻrov ham kelib tushmagan.

Oʻz navbatida, Markaziy bank ham vaziyatni nazoratga olganini, ANORBANK faoliyati barqaror ekanini, bankning barcha majburiyatlari bajarilayotgani va mijozlarga xizmat koʻrsatish odatiy rejimda davom etayotganini maʼlum qildi.

Markaziy bank "Anorbank" masalasida bayonot bilan chiqdi

"Umuman, biznesda rahbarlar almashishi, aksiyadorlar atrofida turli jarayonlar boʻlishi — normal holat. Har bir tarqalgan xabarni bankda muammo boshlandi, deb qabul qilish shart emas. Axborot maydonida raqobat ham bor, manipulyatsiya ham, turli manfaatlar ham boʻlishi mumkin", deyiladi munosabatda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid