platina.uz
Jamiyat

Fargʻonada 5-sinf oʻquvchisi mashina boshqardi

Mazkur hodisa sabab bolaning otasiga chora koʻrildi. Unga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Fargʻonada 5-sinf oʻquvchisi mashina boshqardi

Fargʻonada 5-sinf oʻquvchisi mashina boshqargani videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Fargʻona YHXB maʼlumotiga koʻra, avtomobil boshqargan maktab oʻquvchisining otasiga chora koʻrildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan shaxs tomonidan transport vositasini boshqarish holati aks etgan video eʼlon qilindi.

Oʻrganishlar davomida avtomobil boshqaruvida Soʻx tumani 11-sonli umumtaʼlim maktabining 5-sinf oʻquvchisi boʻlganligi, transport vositasi uning otasiga tegishli ekanligi aniqlandi.

Ushu holat yuzasidan avtomobil boshqaruvida boʻlgan voyaga yetmagan shaxsining otasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi va 135-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, profilaktik suhbat oʻtkazildi.

Avval Toshkentda YPX xodimini BMW`da urib ketib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan oʻquvchi 2 yilga qamalgandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid