Toshkentdagi bankda fuqaroning 300 ming dollar omonati talon-toroj qilindi
Bank masʼullari omonat egasi nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirgan.

Toshkent shahrida fuqaroning omonatdagi 300 000 AQSh dollarini talon-toroj qilgan bank fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan.
Unda tijorat banklardan birining masʼul shaxslari fuqaro I.M.ning omonatga qoʻyilgan 500 000 AQSh dollaridan I.M.ning nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib 300 000 AQSh dollarini oʻzlashtirib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
