platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Putinni muvaffaqiyatli saylovlar bilan tabrikladi

18-20 sentabr kuni oʻtgan saylovlarda "Yagona Rossiya" partiyasi katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi va parlamentda koʻpchilik oʻrinni qoʻlga kiritdi. 

Shavkat Mirziyoyev Putinni muvaffaqiyatli saylovlar bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻlladi. Unda Oʻzbekiston rahbari Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasiga saylovlar muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi.

Oʻzbekiston Prezidenti ikki mamlakat oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari rivojlanayotgani taʼkidladi.

Koʻp qirrali aloqalarimizda alohida oʻrin tutadigan parlamentlararo hamkorlik bundan buyon ham ikki tomonlama loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali Oʻzbekiston – Rossiya hamkorligini har tomonlama rivojlantirishga kuchli surʼat bagʻishlash, uni mamlakatlarimiz ravnaqi va xalqlarimiz farovonligi yoʻlida yangi tashabbuslar bilan boyitishga ishonch bildirildi.

Yakunda Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Vladimir Putinga mustahkam sogʻliq va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi, deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 18-20 sentabr kuni oʻtgan saylovlarda "Yagona Rossiya" partiyasi katta ustunlik bilan gʻalaba qozondi va parlamentda koʻpchilikni qoʻlga kiritdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid