Ramzan Qodirov saylovda 99,85 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi
49 yoshli Qodirov oxirgi yillarda bir necha bor isteʼfoga chiqish niyatida ekanligini aytib keladi. Xususan, u 2025 yil may oyida lavozimdan ozod etishni soʻragan. Uning sogʻligʻi boʻyicha muammolar boʻyicha ham turli mish-mishlar mavjud.

Ramzan Qodirov toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlarda Checheniston rahbarligini saqlab qoldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etilishicha, 98,71% protokollar qayta ishlanganidan soʻng, u 99,85% natija bilan Checheniston rahbari etib qayta saylandi. Saylovlarda Qodirovga respublika Jamoatchilik palatasi raisi, “Adolatli Rossiya” tomonidan nomzod qilib koʻrsatilgan Ismoil Denilxanov va mintaqaviy parlament deputati Xolid Nakayev raqiblik qildi.
Qodirov 2026 yilning iyul oyida toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlarda qatʼiy turganini taʼkidlagan edi.
“Men oʻzim xohish bildirdim va bizda toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar boʻlishini soʻradim... Hammadan muhimi, xalq oʻz respublika rahbari uchun oʻzi ovoz berishi kerak. Xalqqa xizmat qiladigan shaxs uchun toʻgʻridan-toʻgʻri”.
49 yoshli Qodirov oxirgi yillarda bir necha bor isteʼfoga chiqish niyatida ekanligini aytib keladi. Xususan, u 2025 yil may oyida lavozimdan ozod etishni soʻragan.
“Men, aksincha, oʻzimni lavozimdan ozod qilishlarini soʻrayman. Boshqa kishining oʻz tashabbuslari, oʻz qarashlari boʻladi. Umid qilamanki, mening iltimosim qoʻllab-quvvatlanadi”, — degan u.
Oʻsha vaqtda Qodirovning sogʻligi yomonlashgani, hatto uning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo, bular mish-mish boʻlib chiqdi.
Maʼlumot uchun, Qodirov 2007 yildan beri Chechenistonga rahbarlik qilib kelmoqda. Bu mintaqa rahbarlari orasida eng uzoq muddatli koʻrsatkich. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov va Moskva meri Sergey Sobyanin 2010 yilda lavozimga kirishgan.
