platina.uz
Jamiyat

Namangandagi talonchi talabalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bir guruh yigitlar boshqa yigitlarning buyumlarini zoʻrlik ishlatib olib qoʻygan holat aks etgan videotasvirlar tarqaldi. 

Namangandagi talonchi talabalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Namangandagi talonchi talabalarga nisbatan ish ochildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida bir guruh yigitlar boshqa yigitlarning buyumlarini zoʻrlik ishlatib olib qoʻygan holat aks etgan videotasvirlar tarqaldi.

Mazkur holatga Namangan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan izoh berildi.

Aniqlanishicha, 19 sentabr kuni Namangan shahrining “Dashtbogʻ” mahallasi hududida 2-sonli kasb-hunar texnikumining 1-bosqichida tahsil oluvchi 7 nafar talaba shu texnikumning 4 nafar 1-bosqich talabasining yonidagi pul, soat va telefonlarini zoʻrlik ishlatish yoʻli bilan talon-toroj qilgan.

Tergovga qadar oʻtkazilgan tekshiruv davomida videotasvirda aks etgan barcha ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritildi.

Shuningdek, mazkur holat natijasida biror-bir shaxsga tan jarohati yetkazilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid