platina.uz
Jamiyat

Buxoroning tarixiy qismida elektroskuter, elektrosamokatlarda harakatlanish cheklanadi

Cheklov Ark qoʻrgʻonidan Poyi Kalon ansambli, Haqiqat koʻchasi boʻylab Labi hovuz ansambligacha boʻlgan hududda amal qiladi. 

Buxoroning tarixiy qismida elektroskuter, elektrosamokatlarda harakatlanish cheklanadi

Buxoro shahrining tarixiy qismida elektroskuter, elektrosamokat va boshqa ayrim individual harakatlanish vositalaridan foydalanish cheklanadi. Bu haqda Buxoro shahar hokimi tomonidan qabul qilingan qarorda (2026 yil 21 sentabr) aytiladi. Yangi tartib 2026 yil 1 oktabrdan kuchga kiradi.

Cheklov Ark qoʻrgʻonidan Poyi Kalon ansambli, Haqiqat koʻchasi boʻylab Labi hovuz ansambligacha boʻlgan hududda amal qiladi. Mazkur hududda elektroskuter va elektrosamokatlardan tashqari riksha, moped, toʻrt gʻildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham cheklov joriy etiladi.

Mazkur hududda yoʻlovchi tashish talablariga javob bermaydigan va xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlanish vositalari soni keskin oshgani qayd etilgan. Bu esa sayyohlar va ekskursantlarning xavfsiz harakatlanishiga xavf tugʻdirayotgani, shuningdek, piyodalarning jarohatlanishi bilan bogʻliq holatlarga sabab boʻlayotgani taʼkidlangan.

Masʼul tashkilotlarga tarixiy hududda piyodalar, turistlar va ekskursantlarning xavfsiz harakatlanishini ustuvor taʼminlash, cheklov joriy etiladigan hududning kirish va chiqish joylariga tegishli axborot koʻrsatkichlari va yoʻl belgilarini oʻrnatish topshirilgan.

Shuningdek, hududda faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarni yangi tartib haqida oldindan xabardor qilish va tushuntirish ishlarini olib borish belgilangan.

Aytilishicha, mazkur vositalarda xizmat koʻrsatuvchi yoki faoliyat yurituvchi oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarga Yangi Oʻzbekiston bogʻi yoki Boqiy Buxoro bogʻi kabi maxsus hududlarda belgilangan tartibda xizmat koʻrsatish imkoniyati tushuntiriladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid