platina.uz
Jamiyat

Qoraqalpogʻistonlik pedagog "Yil oʻqituvchisi" tanlovida 50 ming dollar mukofotni qoʻlga kiritdi

​Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida maʼlum qilingan. 

Qoraqalpogʻistonlik pedagog "Yil oʻqituvchisi" tanlovida 50 ming dollar mukofotni qoʻlga kiritdi

Qoraqalpogʻistonlik pedagog "Yil oʻqituvchisi" tanlovida 50 ming dollar mukofotni qoʻlga kiritdi.

​Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistonga tashrifi davomida maʼlum qilingan.

​Qonlikoʻl tumanidagi 2-sonli maktab oʻqituvchisi Nigora Allambergenova yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasida bugungi kunda u "Yil oʻqituvchisi" tanlovida gʻolib boʻlganini hamda 50 ming dollar bilan mukofotlanganini maʼlum qildi.

​Maʼlumot uchun: Respublika boʻyicha 208 nafar, Qoraqalpogʻistondan esa 17 nafar oʻqituvchi ushbu tanlovda gʻolib deb topildi.

​Pedagog, shuningdek, Qonlikoʻl tumanida 2019 yildan buyon texnikum binosida faoliyat olib borgan 1-sonli maktab Prezident topshirigʻi bilan bu yil qayta qurib berilganini qayd etgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid