OTMlarda kontraktlarni toʻlash muddati uzaytirildi
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15 oktabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish muddati 15 oktabrgacha uzaytirildi.Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
2026/2027 oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt toʻlovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirish muddati 15 oktabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bu muddat:
• bakalavriat va magistraturaga oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
• oʻqishi koʻchirilgan yoki koʻchirib tiklangan talabalar;
• oʻqishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15 oktabrga qadar bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha yillik qiymatning kamida 25 foizi, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt boʻyicha esa kamida 50 foizi toʻlanishi lozim.
