platina.uz
Jamiyat

Madad Invest Bank asoschisi Interpol orqali qidiruvga berildi

Moʻminjon Yoʻldashev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda. Yoʻldashev qurilish va toʻqimachilik sohasidagi qator bizneslar egasi hisoblanadi.

Madad Invest Bank asoschisi Interpol orqali qidiruvga berildi

Madad Invest Bank asoschisi xalqaro qidiruvga berildi.

Fargʻonalik tadbirkor, Madad Invest Bank’ning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Moʻminjon Yoʻldashev Oʻzbekiston soʻroviga asosan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi.

U Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda.

Moʻminjon Yoʻldashev qurilish va toʻqimachilik sohasidagi qator bizneslar egasi hisoblanadi.

Bundan tashqari, 2019 yilda Jahon banki uni tender jarayonida raqobatchi kompaniya vakiliga bosim oʻtkazish bilan bogʻliq holat sabab oʻz loyihalarida ishtirok etishdan kamida 4 yilga chetlatgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid