“Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari eʼlon qilindi
208 hudud boʻyicha gʻoliblarning har biriga 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti beriladi.

Pedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Tanlovda 208 ta tuman (shahar) boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) pul mukofoti bilan mukofotlanadi.
Maʼlumot oʻrnida: joriy yilgi tanlovda Respublika boʻylab 46 ming nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etishdi. Ulardan 208 nafar pedagog gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Gʻoliblar roʻyxati ushbu havolada keltirilgan.
