platina.uz
Jamiyat

Xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy olish sxemasi fosh etildi

Guruh aʼzolarining aksariyati Yevropadaginufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari, 1 nafari esa Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridagi oliy taʼlim muassasasining poytaxtimizdagi filiali talabasi hisoblanadi.

Xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy olish sxemasi fosh etildi

DXX Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda foydalaniladigan matematika va ingliz tili boʻyicha xalqaro “SAT” sertifikatini noqonuniy tarzda olib berish bilan shugʻullangan guruh faoliyatiga chek qoʻyildi.

Guruh aʼzolarining aksariyati Yevropadagi nufuzli universitetning Toshkent shahridagi filiali talabalari, 1 nafari esa Osiyoning yetakchi davlatlaridan biridagi oliy taʼlim muassasasining poytaxtimizdagi filiali talabasi hisoblanadi.

Ular Yangihayot tumanidagi xususiy maktab binosida “bunker” tashkil qilishgan.

IT sohasiga ixtisoslashgan MChJ mutaxassisi yashirin tarzda tizimga kirib, test savollarini ishlash imkoniyatini yaratgan.

Talabalar esa masofadan turib, talabgorlar oʻrniga savollarni yechish bilan shugʻullanishgan.

Shuningdek, guruh aʼzolaridan biri xalqaro “SAT” sertifikatini olmoqchi boʻlgan 5 nafar fuqaroning har biridan 1,5 ming AQSh dollaridan talab qilib, hatto ulardan birining pul mablagʻini kriptohamyon orqali olishga ulgurgan.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid