platina.uz
Iqtisod

UzAuto Motorsʼni Xitoy kompaniyasi sotib olishi mumkin

Davaktiv UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain’dagi davlat ulushlarini xususiylashtirish boʻyicha tender eʼlon qiladi. 

UzAuto Motorsʼni Xitoy kompaniyasi sotib olishi mumkin

UzAuto Motorsʼni Xitoy kompaniyasi sotib olishi mumkin.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain’dagi davlat ulushlarini xususiylashtirish boʻyicha tender eʼlon qiladi.

Bu haqda 17 sentabr kuni agentlik direktori oʻrinbosari Alisher Miraliyev xalqaro Cbonds konferensiyasida maʼlum qildi.

«Tez orada ikkita davlat kompaniyasi — UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertrain boʻyicha tender eʼlon qilamiz», - degan Davaktiv direktori oʻrinbosari.

2026 yil uchun moʻljallangan xususiylashtirish dasturida ham ushbu ikki kompaniyadagi davlat ulushlarini sotishni tezlashtirish belgilangandi. Bunda Alvarez & Marsal konsalting firmasi ushbu jamiyatlarni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqadi va savdo jarayonlarini tashkil etadi. Yaqin toʻrt oy ichida kompaniyalarning investitsion, ishlab chiqarish va moliyaviy holati boʻyicha materiallar tayyorlanishi kerak.

Maʼlumot uchun, 2025 yilning aprel oyidagi prezident qarorida yil yakunigacha UzAuto Motors (99,7 foiz) va UzAuto Motors Powertrain (100 foiz)ni xususiylashtirish boʻyicha xalqaro konsultantlarni jalb etish koʻzda tutilgandi. 2026 yilning birinchi choragida esa ommaviy savdolar eʼlon qilinishi kerak boʻlgan.

Autostrada.uz’ning tahlil qilishicha, ehtimoliy xaridorlardan biri sifatida Xitoyning SAIC-GM-Wuling qoʻshma korxonasi keltirilyapti. Bu Oʻzbekistondagi Chevrolet modellari qatori uzoq vaqtdan beri Xitoy va Lotin Amerikasidagi modellar qatori bilan chambarchas bogʻliqligi bilan izohlangan.

2026 yilning birinchi choragida UzAuto Motors’ning sof foydasi 648 mlrd soʻmni tashkil etgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 16 foizga kam. Oʻtgan yilning birinchi choragida kompaniyaning sof foydasi 772 mlrd soʻm boʻlgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid