platina.uz
Jamiyat

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Qatnov ​kelasi yil mart oyidan yoʻlga qoʻyilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda maʼlum qildi.

Qoraqalpogʻistonning har bir tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladigan loyihalar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

​Boʻzatovda zamonaviy sanatoriy, Nukusda onkologiya va radiologiya markazi, Qoʻngʻirotda bolalar shifoxonasi va tugʻuruqxona ishga tushirildi. Amudaryo va Toʻrtkoʻlda har biri 2 ming oʻrinli amfiteatr, Nukus shahrida gimnastika markazi va Konservatoriya filiali foydalanishga topshirildi.

​Osiyo taraqqiyot banki bilan 384 million dollar hisobiga A-380 magistral yoʻlining Qoʻngʻirotdan oʻtgan 240 kilometri toʻliq beton qoplamaga oʻtkazildi. Kecha yoʻlning Toʻrtkoʻl, Ellikqalʼa va Beruniydan oʻtgan yana 92 kilometrini qurish boshlandi. Mazkur loyihaning qiymati 233 million dollar.

​Natijada tranzit 1,5 karra oshadi. Toʻrtkoʻlga kirgan yuklar Qozogʻiston chegarasiga bir sutka oʻrniga 10 soatda yetib boradi.

​Kelasi yil mart oyidan Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

​“Tuyamoʻyin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qoʻngʻirotdan moʻynoqqa 100 kilometr ichimlik suv tarmogʻini tortish boshlanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid