"Qoraqalpogʻistonga yoʻnaltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar koʻpaymoqda" – Saida Mirziyoyeva
Saida Mirziyoyeva davlat rahbari bilan birga Qoraqalpogʻistondagi qator obʼektlarda boʻldi. Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani boʻldi.

Saida Mirziyoyeva prezident bilan birga Qoraqalpogʻistondagi qator obʼektlarda boʻldi.
Taʼkidlanishicha, tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani boʻldi. Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

“Bu — mamlakatimizga boʻlgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdigʻidir.
Biz yoʻlimizda qatʼiy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va koʻlami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz boʻlib qoladi”, – deb yozdi Prezident administratsiyasi rahbari.

