Qoraqalpogʻistonda doktorlar uchun yangi sharoitlar taqdim etildi
Ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi doirasida fan, taʼlim va amaliyotni birlashtirgan innovatsion klaster shakllantirilib, 80 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi.

Qoraqalpogʻistonda doktorlar uchun yangi sharoitlar taqdim etildi.
Orolboʻyida tibbiyot sohasi mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash maqsadida 4,6 gektar maydonda 154 milliard soʻmlik zamonaviy majmua barpo etildi.
Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi doirasida fan, taʼlim va amaliyotni birlashtirgan innovatsion klaster shakllantirilib, 80 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi.
Yangi akademiyada yiliga 3 ming nafar shifokor hamda 6 ming 800 nafar oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi malakasini oshirishi mumkin.
Shuningdek, har yili 100 nafarga yaqin klinik ordinator tayyorlanadi, uzoq hududlardan keladigan mutaxassislar uchun esa 72 oʻrinli zamonaviy mehmonxona xizmat koʻrsatadi. Amaliy koʻnikmalarni charxlash uchun 18 ta simulyatsion xona tashkil etilgan.
Ayniqsa, markazda oʻrnatilgan Markaziy Osiyoda yagona «Edge Medical» jarrohlik roboti masofaviy amaliyotlarni yuqori aniqlikda bajarish imkonini bermoqda.
