platina.uz
Siyosat

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga general-mayor unvoni berildi

Orinbayevning ichki ishlar organlari tizimidagi koʻp yillik mehnati, Qoraqalpogʻistonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini taʼminlash va boshqa xizmatlari eʼtirof etildi. 

Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga general-mayor unvoni berildi

Prezident Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga general-mayor unvoni berdi.

Kelasi yili qoraqalpoq xalkining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qargʻabay oʻgʻli tavalludiga 200 yil toʻladi.

​Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, oʻzim dema gʻamxoʻrlik qil xalq uchun” degan hikmatli soʻzlari bugun ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmaganini taʼkidladi.

​Ulugʻ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini oʻrganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.

​Kelgusi yili Berdaq Qargʻabay oʻgʻli tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.

​Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.

​Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpogʻiston faollari bilan muloqot qilindi.

​Yigʻilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi koʻp yillik samarali mehnati, Qoraqalpogʻistonni har tomonlama rivojlantirish, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyishta hayotini taʼminlash, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asrash hamda mustahkamlash borasidagi katta xizmatlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevga Prezidentimiz tomonidan "general-mayor" maxsus unvoni berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid