platina.uz
Iqtisod

“Qoʻngʻirot – Qoraoʻzak – Taxiatosh” yoʻnalishi Qoraqalpogʻistonning “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi

Prezident mutasaddilarga 1 oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr taʼminotini yoʻlga qoʻyish topshirdi.

“Qoʻngʻirot – Qoraoʻzak – Taxiatosh” yoʻnalishi Qoraqalpogʻistonning “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi

Prezidentimiz Qoraqalpogʻistonda yer, qazilma boyliklar, quyosh va shamol energiyasi, katta yaylovlar mavjudligini qayd etdi.

Ana shu imkoniyatlar asosida “resursdan tayyor mahsulotgacha” boʻlgan zanjirni qamrab oladigan yangi sanoat va investitsiya xaritasi yaratiladi.

“Qoʻngʻirot – Qoraoʻzak – Taxiatosh” yoʻnalishi Qoraqalpogʻistonning “yashil sanoat yoʻlagi” – “intellektual iqtisodiyot uchburchagi”ga aylanadi.

Sunʼiy intellekt va data markaz loyihalari uchun tashkil etilgan maxsus zonada 8 milliard dollarlik 6 ta loyiha amalga oshiriladi.

Mutasaddilarga 1 oktabrgacha besh yillik dastur ishlab chiqib, investorlar uchun 1 gigavatt quvvatli barqaror elektr taʼminotini yoʻlga qoʻyish topshirildi.

Uch yilda Nukus shahri, Qoʻngʻirot, Qoraoʻzak va Taxiatoshda 1,5 ming yuqori daromadli ish oʻrni yaratish, bulutli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida yillik eksportni 600 million dollarga yetkazish vazifasi belgilandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid