platina.uz
Siyosat

Prezident Nukusda Qoraqalpogʻiston boʻyicha yigʻilish oʻtkazmoqda

Bu yil Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz oʻsib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.

Prezident Nukusda Qoraqalpogʻiston boʻyicha yigʻilish oʻtkazmoqda

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpogʻiston ahli bilan yuzma-yuz koʻrishib turganidan mamnunligini bildirdi.

Soʻnggi yillarda hudud uchun katta mablagʻ, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.

Oʻtgan yili Qoraqalpogʻistonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021 yildagidan 22 karra koʻp.

Bu yil Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti eng tez oʻsayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz oʻsib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi.

Soʻnggi yillarda Qoraqalpogʻistonda 860 megavattli yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. Beruniy va Qoraoʻzakda shamol stansiyalarining qurilishi hisobiga “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Elektr ishlab chiqarish 4 karra oshiblik, 5 milliard 330 million kilovatt-soatni tashkil etdi. Bu aholi va korxonalarning yillik talabidan qariyb 3 barobar koʻp.

Kecha 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qoʻngʻirotda 2 milliard 600 million dollarlik, quvvati 1,5 ming megavattli shamol stansiyasini qurish boshlandi. Loyiha doirasida 1,5 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoq va 500 kilovoltli 3 ta podstansiya barpo etiladi.

2030 yilgacha jami quvvati 3 ming 300 megavattli shamol stansiyalari ishga tushirilib, “yashil” energiya ulushi 76 foizga yetkaziladi, 400 megavattli energiya saqlash quvvati yaratiladi.

Qoraqalpogʻiston “yashil” energiya ishlab chiqarish boʻyicha mintaqaning eng yirik markazlaridan biriga aylanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid