Jarqoʻrgʻonda pedagoglar obodonlashtirish ishlariga jalb etilgani aytilmoqda
Davlat mehnat inspeksiyasi holatni nazoratga oldi va majburiy mehnatning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda ekanini bildirdi.

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida pedagoglarni obodonlashtirish ishlariga jalb etilgani oʻrganilmoqda.
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanidagi 56-maktab pedagoglari obodonlashtirish, koʻcha tozalash hamda yoʻl boʻyidagi obʼektlarni taʼmirlash va oqlash ishlariga jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tarqatilgan videoda mazkur topshiriq viloyat hokimligidan kelgani aytiladi.
Davlat mehnat inspeksiyasi holatni nazoratga oldi.
Ayni paytda xabarlarning haqqoniyligi va pedagoglarning mehnat huquqlariga rioya etilgani oʻrganilmoqda.
Qonunbuzilish aniqlansa, aybdorlarga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻriladi. Inspeksiya majburiy mehnatning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda ekanini bildirdi.
