Toshkentdagi dalahovlida 5 turdagi narkotiklarni saqlab kelgan jinoiy guruh aniqlandi
Uyushgan guruhning boshqa aʼzolarini ushlash uchun Oʻrta Chirchiq tumanida tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada narkotik moddalar isteʼmolchilari ushbu ashyolarni tegishli joydan olib ketayotganda ushlandi. Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan JKning 273-moddasi, 6-qismi, "a" bandi bilan ish qoʻzgʻatilgan.

Toshkentda dalahovlida saqlanayotgan 5 xil turdagi giyohvandlik vositalari tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan belgilangan tartibda olib qoʻyildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati eʼlon qilgan videolavhada aytiladi.
IIV tezkor qidiruv departamenti oʻtkazgan tadbirda Toshkentda 3 kgga yaqin giyohvandlik vositalari aniqlandi. Yashnobod tumanidagi tadbirda 2006 yilda tugʻilgan fuqaro xonadonida gashish moddasi topilgan. Shuningdek, bu yerdan tarozi va boshqa vositalar topildi. U narkodoʻkonda ishlagani aniqlandi.
Internet orqali unga 200 gramm gashish sotish uchun berilgani aniqlandi. Davom ettirilgan tadbirlarda 146 ta paketda narkotiklarni turli hududlarda koʻmib yurgan ayol ushlandi. U vaqtincha ijaraga olgan dalahovli tekshirilganda jami 2,7 kg miqdorida turli xil giyohvand moddalar (mefedron, kokain, alfa FVP, gashish) topildi. Shuningdek, xonadonga unga jinoiy sherik boʻlgan yana bir ayol ushlandi.
Uyushgan jinoiy guruhning boshqa aʼzolarini ushlash uchun Oʻrta Chirchiq tumanida tezkor tadbir davom ettirildi. Va natijada narkotik moddalar isteʼmolchilari ushbu ashyolarni tegishli joydan olib ketayotganda ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchilarga nisbatan JKning 273-moddasi, 6-qismi, "a" bandi bilan ish qoʻzgʻatilgan.
