Tailand bosh vaziri xorijliklarni "oʻz vatanida oʻlish"ga chaqirdi
Anutxin Chanvirakun xususiy qabriston tashkil etish haqidagi iltimosga javoban shunday istehzoli javob qaytardi.

Tailand Bosh vaziri Anutxin Chanvirakun chet elliklarni oʻz mamlakatlarida oʻlishga chaqirdi, deb xabar beradi Thairath gazetasi.
U xususiy qabriston tashkil etish haqidagi iltimosga javoban shunday istehzoli javob qaytargan:
"Bu endi juda koʻp, ruxsat etilganidan ancha oshib ketdi. Agar sizga oʻlish taqdiri berilgan boʻlsa, boring va oʻz uyingizda oʻling. Bu yerda oʻlishingiz shart emas", dedi vazir gubernatorlar bilan uchrashuvda.
Uning qoʻshimcha qilishicha, chet elliklar hukumat ruxsatisiz Tailandda ixtiyoriy ravishda diniy muassasalar va jamoalar tashkil qilmasliklari kerak.
Bosh vazir Tailand qonunlarini buzayotgan chet elliklarni nazorat qilishni kuchaytirishni talab qildi.
U turizm mamlakatga pul va investitsiyalarni jalb qilishini tan oldi, ammo bu hech kimga boshqalarni "ekspluatatsiya qilish" huquqini bermasligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Tailand chet elliklarni qabul qilishga tayyor, ammo munosabatlar "oʻzaro foydali boʻlishi kerak".
