platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga yetib bordi

Safarni boshlashdan avval mamlakat yetakchisi atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi.

Safarni boshlashdan avval mamlakat yetakchisi atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.

Prezidentimiz marhumning ibratli hayot yoʻli, ezgu ishlari va el-yurt ravnaqi yoʻlidagi xizmatlarini yodga oldi. Oʻtganlar xotirasiga ehtirom koʻrsatish, kattalarni eʼzozlash yosh avlod uchun ibrat ekanini taʼkidladi.

Joriy yil fevral oyida vafot etgan Kallibek Kamalov koʻp yillar Qoraqalpogʻistonda rahbarlik lavozimlarida ishlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xoʻjaligini ravnaq toptirish, aholi turmushini yaxshilashga katta hissa qoʻshdi.

Keyingi yillarda nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qoʻllab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etdi. Xizmatlari “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid