platina.uz
Jamiyat

Rossiyada YTH sodir etib, 3 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan oʻzbekistonlik qamaldi

Hodisada ogʻir yuk mashinasi 11 avtomobilni bosib ketgan. Prokuror Bekzod Sattarovga 15 yillik qamoq jazosini soʻradi, ammo sud 9 yilga hukm chiqardi. 

Rossiyada YTH sodir etib, 3 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan oʻzbekistonlik qamaldi

Rossiyada YTH sodir etib, 3 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan oʻzbekistonlik 9 yilga qamaldi.

Boshqirdistonning Ufa shahrida Oʻzbekiston fuqarosiga hukm oʻqildi. Bekzod Sattarov bir nechta transport vositalari ishtirokidagi avariyani sodir etgani uchun 9 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xabarlarga koʻra, oʻzbekistonlik erkak haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan va noqonuniy ishlayotgan edi. Uning samosvaliga ortiqcha yuk ortilgan va yaxshi taʼmirdan chiqarilmagan boʻlgan.

Oqibatda Sattarov 11 ta transport vositasini bosib, uch kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.

Prokuror Bekzod Sattarovga 15 yillik qamoq jazosini soʻradi, ammo sud 9 yilga hukm chiqardi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid