platina.uz
Jamiyat

Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foiz chegirma beriladi

Joriy oʻquv yilidan boshlab davlat OTMlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga toʻlov-kontrakt toʻloviga 30 foiz chegirma taqdim etiladi. Bu pedagogning barcha farzandlariga amal qiladi.

Pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foiz chegirma beriladi

2026/2027 oʻquv yilidan eʼtiboran, har yili davlat OTMlariga toʻlov- kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan pedagoglarning farzandlariga 30 foiz chegirma beriladi. Ushbu imtiyoz bakalavriatning kunduzgi taʼlimida oʻqiyotganlarga tatbiq etiladi. Bu hukumat qarori bilan tasdiqlandi.

Unga koʻra, pedagoglarning har bir farzandi mazkur chegirmaga ega boʻladi. Talabaning ota yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi oʻquv yilidan boshlab unga chegirma qoʻllash toʻxtatiladi.

Imtiyoz quyidagi talabalarga nisbatan qoʻllanilmaydi:

- oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarida;
- Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarida;
- qoʻshimcha va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida;
- xorijiy hamkor OTMlarning qoʻshma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida;
- nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotganlar.

Chegirma olish uchun “kontrakt.edu.uz” tizimi orqali ariza yuborish mumkin. Arizalar 2 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi.

Eslatib oʻtamiz, pedagoglar farzandlari uchun kontraktga 30 foiz chegirma joriy etish toʻgʻrisidagi loyiha shu yilning may oyida muhokamaga qoʻyilgan edi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid