Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yodgora Ziyamuhamedova vafot etdi
Aktrisa bolalar uchun moʻljallangan "Oqshom ertaklari" koʻrsatuvini 25 yil davomida olib borgan. Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgandi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr, kino va dublyaj aktrisasi Yodgora Ziyamuhamedova 74 yoshida vafoti etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Yodgora Ziyamuhamedova 1952 yilning 23 aprel kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 1970 yili Toshkent Teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. 1974 yildan Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida faoliyat yurita boshlagan. Ziyomuhamedova 34 yildan ziyod Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida ijod qilib, sahnada 100 ga yaqin turli obrazlarni yaratgan.
Ijodi davomida “Odobnoma”da – kelin, “Qizil qalpoqcha”da – qizaloq, “Vafodor”da – Lyosha, “Qasoskor Ruf”da – David, “Olov qalblar”da – Midxat, “Oʻz uyingdasan”da – Vitya, “Balli uloqcha”da – uloqcha, “Farzandim jigarbandim”da – Sanobar, “Koinot qarochilari”da – Sayyora, “Sening taqdiring”da – Nazira, “Yarash-yarash”da – Pokiza, “Burgut”da – Gulnur, “Vitka Magilan”da – Ninka, “Navroʻzvaboychechak”da – mushuk, “Vijdon qoʻshigʻi”da – quyon, “Kel, doʻst boʻlaylik”da – Masha va boshqa spektakllarda rollar ijro etgan.
Aktrisa televideniye va kino sohalarida ham samarali ijod qilib, ayniqsa, bolalar uchun moʻljallangan "Oqshom ertaklari" koʻrsatuvini 25 yil davomida olib borgan.
