platina.uz
Jamiyat

“Oʻzbekgidroenergo” Koreya Milliy Assambleyasiga kitoblar topshirdi

​Mazkur nashrlar orasidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlari, Oʻzbekiston tarixi va madaniy merosiga oid ilmiy-maʼrifiy nashrlar hamda mamlakatning bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi kitoblar oʻrin olgan. 

“Oʻzbekgidroenergo” Koreya Milliy Assambleyasiga kitoblar topshirdi

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Oʻzbekiston tarixiga oid kitoblar jamlanmasi Koreya Milliy Assambleyasi kutubxonasiga taqdim etildi.

​Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan mazkur ezgu tashabbuslar xalqimizning koʻp asarlik tarixini, milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, kitob va ilm-maʼrifatning jamiyat hayotidagi oʻrnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

​Ana shu maʼrifiy tashabbuslarning xalqaro miqyosdagi amaliy ifodasi sifatida, Koreya Respublikasiga tashrif doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Oʻzbekistonning boy tarixi, milliy davlatchiligi, madaniy merosi, bugungi taraqqiyoti hamda mamlakatimizning rivojlanish yoʻliga bagʻishlangan kitoblar jamlanmasi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi kutubxonasiga tantanali ravishda taqdim qilindi.

​Mazkur nashrlar orasidan Prezident Shavkat Mirziyoyevning asarlari, mamlakatimiz tarixi va madaniy merosiga oid ilmiy-maʼrifiy nashrlar hamda Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyotini aks ettiruvchi kitoblar oʻrin olgan.

​Taqdim etilgan kitoblar Koreya Milliy Assambleyasi kutubxonasining Markaziy Osiyo pavilonidan joy olishi alohida ahamiyatga ega.

Endilikda ushbu nashrlar koreyalik kitobxonlar, tadqiqotchilar, talabalar, olimlar, jamoatchilik vakillari hamda xorijiy mehmonlar uchun Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va bugungi taraqqiyoti haqida maʼlumot olishga xizmat qiladigan muhim maʼrifiy manba boʻlib xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid