platina.uz
Jamiyat

Istanbul-Toshkent reysi 3 soatdan oshiqroq vaqtga kechikdi: Centrum Air uzr soʻradi

Parvozga tayyorgarlik vaqtida samolyotni qoʻshimcha texnik tekshirish zarurati yuzaga kelgan. Aviakompaniya kompensatsiya choralari, ularni olish shartlari va tartibi Centrum Air’ning rasmiy veb-saytida joylashtirilgani maʼlum qilindi.

Istanbul-Toshkent reysi 3 soatdan oshiqroq vaqtga kechikdi: Centrum Air uzr soʻradi

Centrum Air aviakompaniyasining 17 sentabr kuni amalga oshirilishi kerak boʻlgan C6 302 Istanbul—Toshkent reysi 3 soat-u 20 daqiqaga kechikdi. Aviakompaniya kechikish sababini maʼlum qildi.

Kompaniya maʼlumotiga koʻra, parvozga tayyorgarlik vaqtida samolyotni qoʻshimcha texnik tekshirish zarurati yuzaga kelgan. Tekshiruvlar tugaguniga qadar reysni kechiktirishga qaror qilingan.

Yoʻlovchilarga reys vaqti oʻzgargani haqida SMS va elektron pochta orqali bildirilgan. Shuningdek, maʼlumot aviakompaniyaning rasmiy kanallarida ham eʼlon qilingan.

Kompaniya avgust—sentabr oylaridagi reyslarning 80 foizi jadvalga muvofiq amalga oshirilganini bildirmoqda. Qayd etilishicha, ayrim kechikishlar samolyotlar xavfsizligi va texnik xizmat koʻrsatish talablariga rioya qilish bilan bogʻliq.

Aviakompaniya yuzaga kelgan noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻradi. Bundan tashqari, kompensatsiya choralari, ularni olish shartlari va tartibi Centrum Air’ning rasmiy veb-saytida joylashtirilgani maʼlum qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid