platina.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqida 13 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshgacha boʻlganlarga esa shaxsiy akkaunt ochishga ruxsat berilmaydi. Cheklovlar ijtimoiy tarmoqlar, onlayn oʻyinlar, AI chatbotlari va video almashish platformalariga nisbatan qoʻllaniladi. 

Yevropa Ittifoqida 13 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli taʼsiridan himoya qilish boʻyicha yangi cheklovlarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, 13 yoshga toʻlmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi. 15 yoshgacha boʻlganlarga esa shaxsiy akkaunt ochishga ruxsat berilmaydi.

13–15 yoshdagilar faqat ota-ona yoki vasiy nazoratidagi, imkoniyatlari cheklangan va kuniga 1 soatlik limit oʻrnatilgan maxsus akkauntlardan foydalanishi mumkin boʻladi.

15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun esa platformalar xavfsiz dizayn va rejimni taʼminlashi shart boʻladi.

“Koʻpchilik yirik texnologik kompaniyalarning (Big Tech) kuch-qudratini haddan tashqari ustun va jilovlab boʻlmaydigan deb hisoblashidan xabardorman. Lekin men bunga qoʻshilmayman. Biz qaramlik keltirib chiqaruvchi funksiyalarga koʻnikishimiz shart emas. Bolalarning borgan sari ekstremalroq kontentlarga tortilishiga toqat qilishimiz shart emas”, — dedi Yevropa Komissiyasi prezidenti.

Fon der Lyayen, shuningdek, sunʼiy intellekt orqali qizlarning suratlarini ochiq-sochiq tasvirlarga aylantirishga ham yoʻl qoʻyilmasligi kerakligini qatʼiy taʼkidladi.

14 sentabr kuni Politico nashri Yevropa Komissiyasi barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida internet platformalaridan foydalanish uchun yagona yosh chegarasini taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Oʻsha paytda aniq yosh chegarasi koʻrsatilmagan edi. Nashrning xabar berishicha, cheklovlar ijtimoiy tarmoqlar, onlayn oʻyinlar, AI chatbotlari va video almashish platformalariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.

​7 sentabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning barcha Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlovchi umumevropa hujjatini ishlab chiqishni taklif qildi. Makron yechim zarurligini taʼkidladi va Yevropa Ittifoqining yordamiga umid qilayotganini qoʻshimcha qildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid