platina.uz
Jamiyat

"Yashil makon" loyihasi doirasida 1 milliarddan ortiq koʻchat ekilgan

Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Aziz  Abduhakimov Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Oʻrmonlar va iqlim masalalari boʻyicha forumda bu haqda maʼlumot berdi. 

"Yashil makon" loyihasi doirasida 1 milliarddan ortiq koʻchat ekilgan

Aziz Abduhakimov "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 1 milliarddan ortiq koʻchat ekilgani maʼlum qildi.

Prezidentning ekologiya masalalari boʻyicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Oʻrmonlar va iqlim masalalari boʻyicha Koreya – Markaziy Osiyo vazirlar forumi hamda Vazirlar dialogida ishtirok etdi.

Forumda Oʻzbekistonning koʻkalamzorlashtirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash sohasidagi natijalari va ustuvor yoʻnalishlari taqdim etildi. Xususan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 1 milliarddan ortiq koʻchat ekilgani, mamlakatning koʻkalamzorlashtirish darajasi 8 foizdan 14 foizgacha oshirilgani va uni 2030 yilgacha 30 foizga yetkazish maqsad qilingani qayd etildi.

Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida qariyb 2 million gektar maydonda oʻrmonzorlar barpo etilgani, shuningdek, Jahon banki bilan hamkorlikda oʻrmon landshaftlarini tiklash va ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Shuningdek:

— Oʻzbekiston tomonidan "Koreya – Markaziy Osiyo: Yashil hamkorlik"ni shakllantirish hamda "Markaziy Osiyoning yashil qalqoni" tashabbusining amaliy ijrosiga oʻtish;

— saksovulzorlarni saqlash va modernizatsiya qilish boʻyicha mintaqaviy dasturni yaratish;

— mintaqaviy uglerod xabini tashkil etish;

— choʻl va qurgʻoqchil hududlarda uglerod loyihalarini amalga oshirishning yuqori qiymati va murakkabligini hisobga oladigan “Arid Lands Carbon Standard”ni ishlab chiqish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid