platina.uz
Jamiyat

Toshkentda er BMWsidan ayrilib qolmaslik uchun 74 mln soʻm aliment toʻladi

Sud nikoh davrida orttirilgan "BMW-520" rusumli avtomashinaning yarim qiymatini erkakning sobiq turmush oʻrtogʻiga oʻtkazish boʻyicha qaror chiqargan. 

Toshkentda er BMWsidan ayrilib qolmaslik uchun 74 mln soʻm aliment toʻladi

Toshkentda er BMWsidan ayrilib qolmaslik uchun 74 mln soʻm aliment toʻladi.

Oilaviy hayot davomida orttirilgan mol-mulkni taqsimlash masalasi baʼzan er-xotin oʻrtasida nizoga sabab boʻlishi mumkin. Bunday holatda sud qarorining ijrosini taʼminlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Byuroning Olmazor tuman boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining 2026 yil 9 fevraldagi qarori asosida qarzdor T.A.dan undiruvchi T.F. foydasiga nikoh davrida orttirilgan "BMW-520" rusumli avtomashinaning 1/2 qismi qiymati — 74 million 700 ming soʻm undirish haqidagi ijro hujjati 2026 yil 3 aprel kuni kelib tushgan.

Shu kuni ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilib, sud hujjatida belgilangan talablarni taʼminlash maqsadida qarzdorning avtotransportiga nisbatan taqiq oʻrnatildi hamda avtomashina qidiruvga berildi.

Ijro harakatlari davomida qarzdor T.A. avtomashinadan ayrilib qolmaslik maqsadida sud qarorida belgilangan 74 million 700 ming soʻm mablagʻni toʻliq toʻladi.

Ushbu mablagʻ undiruvchi T.F.ning shaxsiy plastik hisob raqamiga oʻtkazib berildi.

Shu tariqa, sud qarorida belgilangan majburiyat amalda taʼminlanib, undiruvchining qonuniy manfaati tiklandi. Ijro hujjati talablari toʻliq bajarilganligi sababli ish yurituvi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid