Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilishlar bilan tanishdi
Prezident Administratsiyasi rahbari tadbirkorlarni ushbu hududga alohida eʼtibor qaratishga, sarmoya kiritish va biznes yoʻlga qoʻyishga chaqirdi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkentdagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Hududda zamonaviy bino va inshootlar qurilish jarayoni ketmoqda.

Britaniyalik meʼmorlar tomonidan puxta va uzoqni koʻzlab ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi kelgusi oʻn yilliklar uchun mustahkam asos yaratdi.

"Poydevor qoʻyildi, biroq shaharning ertangi kuni qanday boʻlishi endi bevosita oʻzimizga bogʻliq.
Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida eʼtibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, oʻz biznesingizni yoʻlga qoʻying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos", deydi PA rahbari.

