Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofot bilan taqdirlandi
Madaniyat vaziri Turkiyaning “Tiyatro” nashri tomonidan taʼsis etilgan Xalqaro Oʻrta yer dengizi teatr mukofotiga sazovor boʻldi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Ozodbek Nazarbekov turkiy dunyo madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun xalqaro mukofot bilan taqdirlandi.
Turkiyaning “Tiyatro” nashri tomonidan taʼsis etilgan Xalqaro Oʻrta yer dengizi teatr mukofoti tashkiliy qoʻmitasi Oʻzbekiston madaniyat vazirini ushbu nufuzli mukofotga loyiq deb topgan.

Taqdirlash marosimi 2026 yil 26 sentabr kuni Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadi.
