Oʻzbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-oʻrinni egalladi
Hal qiluvchi 7-turda Oʻzbekiston Isroilni magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Yakunda Polsha termasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston parashaxmat olimpiadasida 3-oʻrinni egalladi.
Samarqand jahon shaxmat bayramiga mezbonlik qilmoqda. “Buyuk ipay yoʻli” Xalqaro turizm markazida 10 sentabrdan buyon imkoniyati cheklangan shaxmatchilar oʻrtasidagi 3-parashaxmat olimpiadasi boʻlib oʻtdi.
36 ta davlatdan 41 ta jamoa va 164 nafar yetakchi shaxmatchi ishtirok etgan nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi uchta tarkib bilan qatnashdi.
Hal qiluvchi 7-turda Oʻzbekiston-1 jamoasi Isroil terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida magʻlub etdi.
Yakunda Polsha 1-oʻrinni, Kuba 2-oʻrinni egallagan boʻlsa, Oʻzbekiston paraterma jamoasi 11 ochko bilan 3-oʻringa sazovor boʻldi. Bu — Oʻzbekiston parashaxmati tarixida ilk bor Olimpiadada qoʻlga kiritilgan bronza medalidir.
Taʼkidlash kerak, Samarqand mezbonlik qilgan 3-parashaxmat olimpiadasi jamoalar soni va ishtirokchilar qamrovi boʻyicha ham rekord natijani qayd etdi.
