Ota-onalar farzandining bahosini onlayn kuzatishi mumkin boʻladi
Buning uchun my.gov.uz portalidagi "Mening oilam" boʻlimiga kirib, farzand haqidagi maʼlumotlar yonidagi "Maktab maʼlumotlari" tugmasini tanlash kerak.

Endi farzandining maktabdagi baholarini my.gov.uz orqali kuzatish mumkin.
Ota-onalar portal orqali farzandining har bir fan boʻyicha joriy va oʻrtacha baholari, shuningdek, sinfdagi baholar statistikasi bilan tanishishi mumkin.
Bundan tashqari, maktab nomi va manzili, oʻquvchilar hamda oʻqituvchilar soni haqida ham maʼlumot olish imkoni bor.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi "Mening oilam" boʻlimiga kirib, farzand haqidagi maʼlumotlar yonidagi "Maktab maʼlumotlari" tugmasini tanlash kerak.
Tez orada mazkur portalda farzandlarning maktabdagi davomati toʻgʻrisida real vaqt rejimida xabar berish imkoniyati ham ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
