platina.uz
Jamiyat

Namanganda oʻqituvchi 1-sinf oʻquvchisini kaltakladi

Holat yuzasidan taʼlim boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, maktabda xizmat tekshiruvi boshlangan. 

Namanganda oʻqituvchi 1-sinf oʻquvchisini kaltakladi

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 39-sonli maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 1-sinf oʻquvchisini kitobni oʻqib bera olmagani uchun urgani aytilmoqda. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Bola kaltaklandimi?" sarlavhali video yuzasidan boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, maktabda xizmat tekshiruvi boshlangan.

Dastlabki oʻrganishlarga koʻra, voqea 16 sentabr kuni soat 10:30 larda, uchinchi dars vaqtida sodir boʻlgan. Oʻqituvchi 1-sinf oʻquvchisini kitobni oʻqib bera olmagani sababli bir necha bor urgan.

Ayni vaqtda holatga huquqiy baho berish hamda unga masʼul mansabdor shaxslarning xatti-harakatlarini oʻrganish maqsadida xizmat tekshiruvi davom ettirilmoqda.

Tekshiruv yakunlari boʻyicha maktab rahbariyati va oʻqituvchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid