Jurnalist Farida Egamberdiyeva Platina.uz sayti bosh muharriri boʻldi
Farida Egamberdiyeva “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi sanaladi.

Jurnalist Farida Egamberdiyeva Platina.uz saytiga bosh muharrir etib tayinlandi.
Farida Egamberdiyeva 1989 yil 28 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. 2010 yilda Jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2013-2019 yillarda “Darakchi” gazetasida muxbir, 2019-2025 yillarda Darakchi.uz saytida bosh muharrir, 2025 yildan hozirga qadar Zamon.uz saytida bosh muharrir boʻlib faoliyat yuritgan.
Farida Egamberdiyeva “Shuhrat” medali sohibi, “Oltin qalam” mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi.
