platina.uz
Jamiyat

Ikki gektar yer vaʼda qilgan: Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi. 

Ikki gektar yer vaʼda qilgan: Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi ushlandi

Surxondaryo viloyatida Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi boshligʻi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda Savdo-sanoat palatasi Qiziriq tumani boʻlimi boshligʻi M.Ch. fuqaro O.B.ga dehqon xoʻjaligi tashkil etishi uchun auksion orqali 2 gektar yer maydoni olib berishini vaʼda qilgan. Soʻngra firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan 5 mln soʻmni O.B.ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Ekologiya va kadastrlar palatasi xodimlari tezkor tadbirda ushlangandi.

Ular davlat zaxirasidagi 2 gektar yer maydonini kadastrda ishlovchi tanish orqali auksionga chiqarib arzon narxda olib berishni vaʼda qilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid