Gruziya Oʻzbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi
Turli mamlakatlardan jami 78 nafar shaxs chiqarib yuborilgan. Deportatsiya qilingan shaxslarning Gruziyaga kirishi taqiqlangangani taʼkidlandi.

Gruziya rasmiylari 78 nafar chet el fuqarosini, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolarini deportatsiya qildi.
Bu haqda Gruziya Ichki ishlar vazirligi bu haqda maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Migratsiya departamenti xodimlari Ichki ishlar vazirligining boshqa boʻlimlari bilan birgalikda soʻnggi kunlarda deportatsiya qilinishi kerak boʻlgan xorijiy fuqarolarni aniqlash boʻyicha bir qator tadbirlar oʻtkazdilar.
Natijada Hindiston, Turkiya, Misr, Rossiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qozogʻiston, Belarus, Pokiston, Oʻzbekiston, Bangladesh, Qirgʻiziston, Efiopiya, Iordaniya, Shri-Lanka va boshqa mamlakatlar fuqarolari Gruziyadan deportatsiya qilindi. Mamlakatdan chiqarib yuborilgan oʻzbekistonliklar soni ochiqlanmagan.
Gruziya Ichki ishlar vazirligi qonunga muvofiq, deportatsiya qilingan shaxslarning mamlakatga kirishi taqiqlanganligini taʼkidladi.




