211 marta qoida buzgan Tracker ushlandi
Avtomashinaga 137 mln soʻmlik maʼmuriy jarima qoʻllanilgan. Qidiruv davomida ulov topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Buxoroda 211 marta qoida buzgan Tracker ushlandi.
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻʼbasi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda maxsus reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Tadbirlar davomida 2,6 mlrd soʻmlik 114 ta ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlar nomidagi 98 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirilib, 70 ta 741 mln soʻmlik ijro hujjatlar ijrosi amalda taʼminlandi.
Maʼmuriy jarimalarni undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlar tahlil qilinib, mahalla kesimida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Misol uchun, Romitan tumanida yashovchi fuqaro oʻziga tegishli “TRACKER 2” avtotransport vositasini yoʻl harakati qoidalariga rioya qilinmasdan boshqarishi oqibatida 211 ta 137 mln soʻmlik maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Qidiruv tadbirlari davomida qidiruvdagi avtomashina topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.




