Ziroat Mirziyoyeva Seuldagi madaniy dasturda ishtirok etdi
Yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan anʼanaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar oʻrin oldi.

Oʻzbekiston Birinchi xonimi Seulda madaniy dasturda ishtirok etdi.
"Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" formatidagi birinchi sammit doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Koreya Respublikasi Birinchi xonimi Kim Xe Gyon va Qirgʻiz Respublikasi Birinchi xonimi Aygul Japarova bilan birgalikda "Chong Va De" qarorgohida oʻtkazilgan madaniy dasturda ishtirok etdi.
.jpg)
Dastur avvalida Birinchi xonimlar anʼanaviy choy marosimi davomida madaniy muloqotning, milliy anʼanalarni asrab-avaylashning hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan soʻng yuqori martabali mehmonlarga Koreyaning boy madaniy merosi bilan tanishtiruvchi konsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan anʼanaviy koreys raqslari va musiqiy asarlar oʻrin oldi.
