Toshkentda maktab-internat oʻquvchisi 4-qavatdan tushib ketib, vafot etdi
Holat yuzasidan hozirda Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar teshiruv haraktlari olib borilmoqda. Bu haqda Platina.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Toshkentda maktab-internati oʻquvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib, vafot etdi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar teshiruv haraktlari olib borilmoqda. Bu haqda Platina.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maktab-internati oʻquvchisi Sh.J. bundan 10 kun avval maktab-internat yotoqxonasining toʻrtinchi qavatidan tushib ketgan.
Ogʻir jarohat olgan oʻquvchi shifoxonaga yotqizilgan va 10 kun davomida davolangan. Biroq 15 sentabr kuni u vafot etgan.
Sh.J. iqtidorli oʻquvchilardan biri boʻlgan. U matematika va ilmiy yoʻnalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarni egallab kelgan.
Jumladan, 2026 yilda Olmaota shahrida oʻtkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida uning jamoasi birinchi oʻrinni egallab, oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, u Saʼdi Sirojiddinov nomidagi Respublika matematika turnirida ham sovrinli oʻrinlardan birini egallagan.
