Toshkent avtobuslari yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord qayd etdi
Bundan avval metropoliten ham 1,16 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, oʻz rekordini yangilagan edi.

Toshkent avtobuslari ham yoʻlovchi tashish boʻyicha rekord oʻrnatdi
15 sentabr kuni Toshkent avtobuslaridan rekord darajadagi 1,52 mln yoʻlovchi foydalandi.
Bu haqda poytaxt transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, 14 sentabrdan poytaxtdagi OTMlarda yangi oʻquv mavsumi boshlandi. Bu transport infratuzilmasiga yuklamani oshirdi.
Bundan avval metropoliten ham 1,16 mln yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, oʻz rekordini yangilagan edi.
