Shaxmat Olimpiadasining ilk kunidayoq 10 mingdan oshiq mehmon Expo markazlariga tashrif buyurdi
Bunday yirik tadbir uchun uchta yirik maydon, 40 dan ortiq mehmonxona, transport, xavfsizlik va xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Shaxmat Olimpiadasining ilk kunidayoq 10 000 dan ortiq xalqaro va mahalliy mehmon Expo markazlariga tashrif buyurdi.

Bir vaqtning oʻzida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi, FIDE Kongressi va Shaxmat Paraolimpiadasi oʻtkazilmoqda. Olimpiadada 202 ta davlatdan 2 000 dan ortiq shaxmatchi, Paraolimpiadada esa 35 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda.

Bunday yirik tadbir uchun uchta yirik maydon, 40 dan ortiq mehmonxona, transport, xavfsizlik va xizmat koʻrsatish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Minglab volontyorlar, davlat tashkilotlari vakillari hamda mahalliy va xorijiy tadbirkorlar mehmonlarga xizmat qilmoqda.
Oʻzbekiston 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasining muvaffaqiyatli oʻtishi uchun bor kuch va masʼuliyat bilan xizmat qilmoqda.
