Saida Mirziyoyeva jamoasi bilan tahliliy muhokama oʻtkazdi
"Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi – vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni koʻra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi", deya taʼkidladi Prezident Administratsiyasi rahbari.

Saida Mirziyoyeva oʻz jamoasi bilan tahliliy muhokama oʻtkazdi.

Prezident administratsiyasi rahbari oʻz telegram-sahifasida jamoa bilan muhim yoʻnalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yirik loyihalar atroflicha koʻrib chiqilgani haqida yozib qoldirdi.
"Biz doimiy ravishda mana shunday ochiq formatda ish olib boramiz: ustuvor vazifalarni belgilaymiz, dolzarb masalalarni tahlil qilamiz, turli yechimlarni oʻrtaga tashlab, ular orasidan eng samaralilarini tanlab olamiz.
Har bir mavzuning butun jamoa ishtirokida muhokama qilinishi – vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni koʻra olish hamda eng maqbul yondashuvlarni topishga xizmat qiladi", deya taʼkidlagan Mirziyoyeva.

Yakunda aniq vazifalar belgilanib, Davlat rahbariga taqdim etiladigan asosli takliflar jamlanadi.
