Qashqadaryoda bolalarni bosib ketishiga oz qolgan Damas haydovchisi jazoga tortildi
Koʻp qavatli uylar orasida oʻta yuqori tezlikda harakatlangan 21 yoshli haydovchiga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. U pushaymonligini bildirgan. Jizzaxda esa oʻquvchi boshqa bir bolaning hayotini saqlab qoldi.

Qashqadaryoda bolalarni bosib ketishiga oz qolgan Damas haydovchisi qamaldi.
Qarshi shahrida haydovchilik guvohnomasisiz Damas boshqarib, koʻp qavatli uylar orasida yuqori tezlikda harakatlangan 21 yoshli haydovchiga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sudda haydovchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Unga nisbatan yoʻl harakati va yoʻl bezoriligi bilan bogʻliq bir nechta moddalar asosida chora koʻrilgan, deyiladi xabarda.
Jizzax viloyati, Forish tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Shahzodbek Oʻtkirov esa bir oʻquvchi hayotini saqlab qolgan.

Mazkur maktabda oʻtkazilgan sayyor qabulda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov Shahzodbek bilan shaxsan uchrashdi hamda unga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Tashakkurnoma”si va esdalik sovgʻasi topshirildi.
U oʻqiyotgan maktab kutubxonasiga esa kitoblar jamlanmasi taqdim etdi.
