platina.uz
Siyosat

Prezidentning Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlandi

Seulda muhim uchrashuvlar oʻtkazildi. Oʻzbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qoʻshma loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi, salmoqli kelishuvlar paketi imzolandi.

Prezidentning Koreya Respublikasiga tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan Seul shahrida oʻtkazilgan tor doiradagi va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Milliy Assambleya Spikeri Cho Chjon Shik va Bosh vazir Xan Son Suk, Koreyaning yetakchi kompaniyalari hamda moliyaviy institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida qoʻshma loyihalar ishga tushirildi va qurilishi boshlandi, salmoqli kelishuvlar paketi imzolandi.

Davlatimiz rahbari birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ishtirok etib, hamkorlikning beshta strategik yoʻnalishi boʻyicha tashabbuslarni ilgari surdi. Oʻzbekiston Prezidenti ushbu formatdagi birinchi biznes sammitda ham soʻzga chiqdi.

Tashrif doirasida Koreyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Tadbirlar yakunlangach, aeroportda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Koreya Respublikasi ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Yun Xo Chjun hamda boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid