Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha MDHda birinchilikka erishdi
Mobil internet boʻyicha esa Oʻzbekistonda yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Natijada mamlakat 75-oʻrindan 72-oʻringa koʻtarildi.

Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida simli internet tezligi boʻyicha birinchi oʻringa chiqdi
Oʻzbekiston avgust oyida Speedtest Global Index reytingida ham mobil, ham simli internet tezligi boʻyicha uch pogʻonaga yuqoriladi.
Mobil internet boʻyicha Oʻzbekistonda yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshdi. Natijada Oʻzbekiston 75-oʻrindan 72-oʻringa koʻtarildi.
Oʻzbekiston mobil internet tezligi boʻyicha 5 yilda 65 pogʻonaga yuqoriladi.
Simli internet boʻyicha yuklab olish tezligi ham bir oy ichida 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshdi. Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrni 76-oʻrindan 73-oʻringa koʻtarildi.
MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha yuqori natija qayd etib, birinchi oʻrinda bormoqda.

Shuningdek, 2026 yil boshidan buyon mobil internetning yuklab olish tezligi sakkiz oy davomida 27 foizga oshib, 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetdi.
Mobil internet tezligi boʻyicha umumiy reytingni BAA boshqari bormoqda. Undan keyin Qatar, Kuvayt va Germaniya joylashgan.
Simli internet boʻyicha esa Singapur, BAA, Chili va Gonkong eng yaxshi natija koʻrsatdi.
