Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi
Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv belgilari kuzatilayotgan boʻlsa-da, inflyatsion bosimlar hamon saqlanib qolmoqda. Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2026 yil 28 oktabr kuniga belgilangan.

Markaziy bank boshqaruvi 16 sentabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, inflyatsiya pasayishda davom etmoqda.
Avgust oyida umumiy inflyatsiya – 6,2%;
• bazaviy inflyatsiya – 5,5%.
Iqtisodiyotda ayrim muvozanatlashuv belgilari kuzatilayotgan boʻlsa-da, inflyatsion bosimlar hamon saqlanib qolmoqda.
Xususan, inflyatsion kutilmalarning pasayishi umumiy inflyatsiyaga nisbatan sekinroq kechmoqda; jahon xomashyo, oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqori darajasi hamda tartibga solinadigan narxlarni liberallashtirish jarayoni asosiy inflyatsion xatarlar sifatida baholanmoqda.
Ijobiy real foiz stavkalari aholining jamgʻarishga boʻlgan moyilliligini qoʻllab-quvvatlamoqda. Markaziy bank inflyatsiyani 2027 yil yakuniga qadar 5% maqsadli koʻrsatkichiga tushirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini taʼminlashda davom etadi, deyiladi xabarda.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha navbatdagi yigʻilishi 2026 yil 28 oktabr kuniga belgilangan.
